USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Daniyada yangi hukumat tuzildi

54 марта

Daniyada yangi hukumat tuzildi

Keça, 2 iyun kuni Daniya Boş vaziri Mette Frederiksen parlament saylovlaridan bir neça oy ötib çap-markazçi koalitsion hukumatni şakllantirişga muvaffaq bölganini elon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, kamçilik hukumatini tuziş böyiça kelişuv Frederiksenga ketma-ket uçinçi muddatga Boş vazir lavozimini egallaş imkonini beradi. Bu bilan mart oyidagi saylovlardan söng boşlangan bir neça oylik mavhumlikka çek qöyildi. Malumot örnida, öşa saylovlar natijasida Daniya parlamentidan 12 ta partiya joy olgan edi.
“Men Alo hazratlari Qirol huzurida böldim va uzoq davom etgan muzokaralardan söng hukumat şakllantirilişi mumkinligini malum qildim”, deydi Frederiksen.
Ham Sotsial-demokratlar, ham öng liberallar yangi hukumatga rahbarlik qilişga intilgan ikki oydan ortiq davom etgan muzokaralardan söng 48 yoşli Frederiksen parlamentdagi partiyalar tomonidan zarur bölgan qöllab-quvvatlaşga erişgan.
“Bu Daniyada yaşayotgan insonlar, kelajak avlodlar va şuningdek, hayvonlar uçun möljallangan hukumat platformasidir”, deydi u.
Frederiksenning sözlariga köra, hukumatning umumiy ustuvor yönalişlari bugun, 2 iyun kuni taqdim etiladi, vazirlar esa ertaga, 3 iyun kuni tayinlanadi.

Yangi hukumat tarkibiga Sotsial-demokratlardan taşqari Sotsial-liberallar, “Çap yaşillar” va markazçi “Mötadillar” partiyasi kiradi. Ular parlamentdagi köpçilikni taminlaş uçun asosan öta çapçi “Qizil-yaşil alyans”ga tayanadi, şuningdek, alohida ovoz beriş jarayonlarida boşqa partiyalarning ham kömagini izlaşi mumkin.

Naşrning qayd etişiça, yangi hukumat Frederiksenning çap qanotga tomon burilganidan dalolat beradi. Vaholanki, u sönggi tört yil davomida çap va öng kuçlarni – özining Sotsial-demokratlari, “Mötadillar” va Liberallarni birlaştirgan noodatiy koalitsiyaga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: