
Daniya Rossiyaga çuqurroq zarba bera oladigan raketalar sotib oladi
Daniya Rossiya tahdidi sabab uzoq masofali raketalar va dronlar xarid qiladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Mette Frederiksen
malum qildi. Biz yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollarni sotib olyapmiz, şunda yuzaga kelişi mumkin bölgan tahdidlarning oldini olişimiz mumkin. NATO buni talab qilmoqda va bu çoralar Yevropaning 2030-yilgaça özini himoya qilişga tayyor bölişiga xizmat qiladi, dedi Frederiksen.
Mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen esa yangi qurol tizimlari yordamida Daniya armiyasi “tahdidlarni mamlakat hududidan uzoqda turib bartaraf etiş” imkoniyatiga ega bölişini takidladi. Unga köra, Ukraina uruşi duşman hududidagi nişonlarga zarba bera oladigan qurollar zarurligini körsatdi. Daniya armiyasi boş qömondoni general Maykl Uiggers Gildgard ham uzoq masofali aniq zarba beruvçi qurollar “tahdidlar Daniya hududiga yetib kelmasidan ularni yöq qiliş” imkonini berişini aytdi. Rossiyaning Kopengendagi elçisi Vladimir Barbin esa bu qarorni “oçiqdan-oçiq tentaklik” deb baholadi.
Dunyoda heç kim, heç qaçon va heç qayerda yadroviy davlatga oşkora tahdid solişni öylab körmagan, dedi u.