Patriot nima va nega Ukraina unga şunçalik muhtoj?
15-07-2025, 15:44
413 марта

Patriot nima va nega Ukraina unga şunçalik muhtoj?
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Patriot raketa tizimlari berilişini elon qilgaç, keça-yu kunduz Rossiyaning bombardimonlaridan aziyat çekayotgan Kiyevda bu xabar mamnuniyat bilan qarşi olindi.Prezident Vladimir Zelenskiy sönggi haftalarda Moskva tomonidan Ukraina şahar va qişloqlariga yuborilayotgan dron va raketalar soni rekord darajada ortgani uçun Patriot tizimlarini bir neça marta söragan. Biroq Trampning bayonotida aniq tafsilotlar kam, Ukrainaga neçta tizim berilgani, ular qaçon yetib boradi va kim tomonidan taqdim etilişi kabi muhim savollar hali javobsiz.
Bu nufuzli AQŞ raketa mudofaa tizimi haqida malum bölgan malumotlar esa quyidagiça:
Yuqori toifadagi mudofaa
Patriot, töliq nomi “Phased Array Tracking Radar for Intercept on Target”, AQŞ qurolli kuçlarining asosiy raketa mudofaa tizimidir. Yaqinda bu tizim öz samaradorligini yana bir bor isbotladi – Qatardagi AQŞ harbiy-havo kuçlariga tegişli Al-Udeyd bazasiga yöllangan 14 ta Eron raketasining 13 tasi aynan Patriot tomonidan yöq qilindi.
Patriot’ning eng sönggi modellari qisqa masofali ballistik raketalar, qanotli raketalar va dronlarga qarşi 15 km balandlikda va 35 km masofada kuraş olib boriş qobiliyatiga ega. Mutaxassislarning aytişiça, bitta Patriot batareyasi 100 dan 200 km² gaça hududni qamrab olişi mumkin – bu hududdagi relef va boşqa şart-şaroitlarga boğliq. Lekin, umumiy maydoni 603 ming km² bölgan Ukraina uçun bu juda kiçik hudud hisoblanadi. Şu bois Kiyev bir neçta yangi Patriot batareyalariga muhtoj.
Bitta batareya 6-8 ta raketa uskunasi (har biri 16 ta perexvatçikni oladi), fazaviy antennali radar, boşqaruv stantsiyasi va energiya manbasidan iborat bölib, hammasi yuk maşinalari va treylerlarda joylaştiriladi.
Patriot batareyasini taxminan 90 nafar harbiy xizmatçi boşqaradi, biroq jang vaqtida faqat 3 nafar jangçi nazorat markazida tizimni boşqarişi kifoya.
Qimmatbaho texnologiya
CSIS malumotlariga köra, Patriot batareyasining töliq jihozlangan narxi bir milliard dollardan oşib ketadi.
Bitta perexvatçik raketa taxminan 4 million dollarga tuşadi. Bu esa narxi 50 ming dollar atrofida bölgan arzon Rossiya dronlariga qarşi foydalanişni noqulay qiladi. Xususan, sönggi hujumlarda Rossiya bir keçada yuzlab dron yuborganini hisobga olsak.
Oxirgi taqdimot böyiça, AQŞ rasmiylarining aytişiça, agar Yevropa NATO ittifoqçilaridagi Patriot tizimlari Ukrainaga berilsa, ularning örnini keyinçalik AQŞda işlab çiqarilgan yangilari bilan töldiriş mumkin.
“Reuters” xabariga köra, Tramp boşqa davlatlar buyurtma qilgan 17 ta batareyadan bazilari yoki hammasi Ukrainaga “juda tez” yetib borişini aytgan. IISS’ning 2025 yilgi “Harbiy muvozanat” hisobotiga köra, NATOning olti davlati — Germaniya, Gretsiya, Niderlandiya, Polşa, Ruminiya va Ispaniya — Patriot tizimlariga ega.
“Möjiza quroli” emas
NATO Boş kotibi Mark Ryutte keça, 14 iyul kuni Germaniya, Finlyandiya, Daniya, Şvetsiya va Norvegiya Patriot kabi yangi qurollarning ehtimoliy yetkazib beruvçilari bölişi mumkinligini aytdi, biroq bu davlatlardan aynan Patriot yuboriladimi, degan savolga aniq javob bermadi.
AQŞ harbiylari içida ham Patriot zaxiralari yetarli emasligi böyiça xavotirlar bor.
“Bu – bizdagi eng talofatli kuç böğini”, dedi AQŞ armiyasi boş ştab boşliği örinbosari general Jeyms Mingus CSISdagi çiqişida.Uning takidlaşiça, Qatardagi Patriot bölimi 500 kundan beri mintaqada faoliyat yuritmoqda va “juda-çarçagan kuç böğini”ga aylangan.
Ukraina hukumatining aytişiça, mamlakat özini Rossiyaning kuçaygan raketali va dronli hujumlaridan himoya qiliş uçun yana 10 ta Patriot batareyasiga muhtoj. Hozirça Kiyev 6 ta töliq işlaydigan Patriot batareyasini qabul qilib olgan – ikkitasi AQŞdan, ikkitasi Germaniyadan, biri Ruminiyadan va yana biri Germaniya hamda Niderlandiya tomonidan qöşma tarzda berilgan (Action on Armed Violence malumotiga köra).
Yetarlimi?
Mutaxassislar Patriot tizimlari Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini töxtata olmaydi, deb hisoblaydi. AQŞ armiyasi generali va NATOning sobiq Oliy qömondoni Uesli Klark CNN telekanaliga bergan intervyusida, haqiqiy tasirga ega bölişi uçun Ukrainaga faqat havo mudofaasi emas, balki keng qamrovli qurollar kerakligini aytdi.
“Agar siz buni töxtatmoqçi bölsangiz, Rossiyani nişonga oling va çuqur zarba bering. Kelib urilayotgan öqni emas, uni otayotgan öqçiga zarba beriş kerak”, dedi Klark.