Ukraina uruşni qişgaça tugatmoqçi
2-06-2026, 22:00
164 марта

Ukraina uruşni qişgaça tugatmoqçi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uruşni imkon qadar tezroq yakunlaş böyiça topşiriq berdi. Bu haqda keça, 1 iyun kuni Prezident ofisi rahbari Kirill Budanov “Xavfsizlik arxitekturasi” forumida söz oçdi.“Prezident uruşni imkon qadar tezroq töxtatiş böyiça topşiriq bergan. Prezident ofisi rahbari sifatida men qöyilgan maqsadga erişiş uçun hamma narsani qilaman”, deydi Budanov.Uning aytişiça, Ukraina bu maqsadga erişiş uçun yetarli imkoniyatlarga ega, biroq Rossiya kelişuvlardan boş tortişi mumkin.
Harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiriş ştabi rahbar örinbosari Andrey Yusovning aytişiça, Ukrainada harbiy-siyosiy rahbariyat, xavfsizlik va mudofaa kuçlari hamda diplomatlar adolatli tinçlikka erişiş uçun işlamoqda.
“Biz duşmanni töxtatiş uçun zarur bölgan vaqtgaça jang qilamiz. Havo, yer va dengizda dronlardan foydalaniş kuçaymoqda va u öz samarasini berayotganini körişingiz mumkin”, deydi Yusov.Qayd etiş joiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 30 may kuni Ostonada bölib ötgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişidan söng Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarşi uruşni qaçon tugatişini aytişning imkoni yöqligini bildirgandi.
“Menimça, siz va boşqa hamkasblar mening javobimni tuşunasiz: harbiy harakatlar şaroitida aniq muddatni aytişning imkoni yöq. Bu faqat ehtiyotsizlik emas, amalda bunday qilinmaydi. Men ham buni qilmayman”, deydi u.Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Ukraina AQŞ va Rossiya iştirokidagi muzokara formatini qayta tiklaşga tayyorligini bir neça bor aytgan hamda zarurat bölsa, Vladimir Putin bilan şaxsan uçraşişga ham tayyorligini bildirgan. Rossiya Prezidentining aytişiça, bu uçraşuv uruşni tugatiş şartlarini muhokama qiliş uçun emas, balki yakuniy kelişuvni imzolaş uçun bölişi kerak.