Medvedev Zelenskiyni “qonxör masxaraboz”, Budanovni esa “terrorçi” deb atadi
2-01-2026, 20:51
165 марта

Medvedev Zelenskiyni “qonxör masxaraboz”, Budanovni esa “terrorçi” deb atadi
Bugun, 2 yanvar kuni Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning mamlakat Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi rahbari Kirill Budanovni Prezident ofisi rahbari etib tayinlaş qarorini izohladi. Bu haqda TASS xabar berdi.“Legitimligini yöqotgan qonxör masxaraboz ofisning yangi rahbarini tanladi. U terrorçi Budanov böldi”, deydi Medvedev.Uning fikriça, bu Zelenskiy uçun “alo tanlov”, çunki raqiblarni yöq qiliş uçun unda “atigi bitta böş örin” bor, aks holda u yana bir lavozimni sobiq Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyga taklif qilişi va “ikkala ehtimoliy raqibni ham prezidentlik saylovlari oldidan şaxmat taxtasidan darhol supurib taşlaşi” mumkin edi.