Medvedev AQŞni Rossiyaning duşmani deb atadi
23-10-2025, 17:12
83 марта

Medvedev AQŞni Rossiyaning duşmani deb atadi
Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Dmitriy Medvedev AQŞ tomonidan joriy etilgan yangi sanktsiyalarga javoban çiqiş qilib, Trampni “sözamol tinçlikparvar” deb atadi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozdi.Medvedev Donald Trampning Budapeşt sammitini bekor qilgani va AQŞning Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalari yuzasidan fikr bildirgan.
“Agar kimdadir hanuz illyuziyalar qolgan bölsa, mana olinglar. AQŞ – bizning duşmanimiz, ularning sözamol “tinçlikparvari” esa endi Rossiyaga qarşi uruş yöliga töliq kirib oldi. Ha, u hozirça Kiyev tomonida faol uruşmayapti, ammo bu endi uning mojarosi, qarib qolgan Baydenniki emas! Albatta, aytişadi: u boşqaça qila olmagan, Kongress bosim ötkazgan va hokazo. Ammo bu asosiy narsani özgartirmaydi, qabul qilingan qarorlar – bu Rossiyaga qarşi uruş harakatidir. Tramp endi aqldan ozgan Yevropa bilan töliq hamfikr böldi”, deb yozdi Medvedev.