“Rossiya heç qanday davlat bilan uruşni istamaydi” — Dmitriy Medvedev
29-09-2025, 18:33
235 марта

“Rossiya heç qanday davlat bilan uruşni istamaydi” — Dmitriy Medvedev
Rossiya va Yevropa örtasida uruş bölmasligi kerak. Ammo u yuz bersa, katta ehtimol bilan ommaviy qirğin qurollaridan foydalanişga olib keladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev özining Telegram kanalida yozdi.“Evropa mamlakatlarida deyarli har bir televizor va radiodan kelasi beş yil içida Rossiya bilan uruş haqida bong urişmoqda”, dedi Medvedev.Siyosatçi bunday uruş bölmasligi kerakligini aytdi va buni asoslaş uçun öz “dalillarini” keltirdi. U muammoni Rossiya tomonidan ham, Yevropa tomonidan ham körib çiqib, uçtadan quyidagi sabablarni keltirdi:
1. Rossiyaga heç kim bilan, jumladan, Yevropa bilan ham uruş kerak emas. U yerda qölga kiritadigan heç narsa yöq.
2. Yevropa iqtisodiyoti zaif va AQŞga qaram, madaniyati esa asta-sekin tanazzulga yuz tutmoqda. Yevropa tajovuzkor muhojirlar orasida erib, özligini yöqotib bormoqda.
3. Rossiya xalqining asosiy vazifasi öz hududlarini rivojlantiriş, şu jumladan qaytib kelgan yerlarimizni tiklaşdan iborat. Bu vazifa oson ham, arzon ham emas. Rossiya har doim Yevropaga bosqinçi sifatida emas, balki faqat “ozod qiluvçi” sifatida kelgan.
Dmitriy Medvedev bunday uruşni “Evropaning özi boşlay olmasligi”, sababi göyoki “zaif va tarqoq” ekanini aytdi.
Ular faqat öz manfaatlarini közlab, hozirgi iqtisodiy tartibsizlikda omon qolişga urinmoqda. Ular Rossiya bilan uruşni kötara olmaydi. Yevropa rahbarlari — biror jiddiy işning masuliyatini zimmasiga olişga qodir bölmagan arzimas tanazzulga uçragan kimsalardir. Ular strategik fikrlaş qobiliyatiga, ayniqsa muvaffaqiyatli harbiy qarorlar uçun zarur bölgan ğayrat va şijoatga ega emas, dedi u.