“Finlyandiya Rossiya bilan uruşga tayyorgarlik körmoqda” — Medvedev
8-09-2025, 21:23
318 марта

“Finlyandiya Rossiya bilan uruşga tayyorgarlik körmoqda” — Medvedev
Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Finlyandiya uning mamlakatiga hujum qilişga tayyorgarlik körayotganini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“NATOga azo bölgan Xelsinki mudofaa tadbirlari niqobi ostida Rossiyaga qarşi uruşga tayyorgarlik köriş siyosatini olib bormoqda, çamasi bizga hujum qiliş uçun platsdarm tayyorlamoqda”, dedi Medvedev.
Uning sözlariga köra, Şimoliy Atlantika alyansi bu jarayonlarga töliq aralaşgan va hozirda Finlyandiyaning quruqlik, dengiz, havo, kosmos va kibermakoni kabi barça operatsion sohalarini faol özlaştirmoqda.
“Harbiy faollik kuçaymoqda”, deya qöşimça qildi u.Medvedevning takidlaşiça, Rossiya çegarasiga bevosita yaqin hududlarda NATO quruqlikdagi ilğor kuçlari uçun ştab tuzilmalari taşkil etilmoqda. Zarurat tuğilganda Laplandiyadagi qöşinlar soni 5 ming askargaça oşirilişi mumkin.“Mikkeli şahrida NATO havo kuçlari korpusining quruqlikdagi komponenti qömondonligi ştabini joylaştiriş jarayonlari davom etmoqda”, deya takidladi Medvedev. U ştab faoliyati kimga qarşi yönaltirilganini tuşuntiriş ortiqça ekanini davo qildi.
“Yangi garnizonlar paydo bölmoqda, masalan, Rossiya hududidan 40 km uzoqlikda joylaşgan Ivalo aholi punktida”, deya aniqlik kiritdi u.