Medvedev Eronga kömak borasida şov-şuvli bayonot berdi
23-06-2025, 16:07
1 474 марта

Medvedev Eronga kömak borasida şov-şuvli bayonot berdi
Dunyoning bir qator mamlakatlari Eronga jangovar yadro komplektlarini berişga tayyor. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari, mamlakat sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Telegramdagi sahifasida malum qildi.Uning fikriça, Erondagi yadro infratuzilmasi AQŞ hujumidan zarar körmagan yoki zarar miqdori sezilarli darajada emas.
Kreml mulozimi Tramp mamuriyatining Eronga hujumi oqibatlarini quyidagiça izohlagan:
- “Yadro materiallarini – endilikda oçiq aytiş mumkin – yadro qurolini işlab çiqariş davom ettiriladi”.
- “Isroil hujum ostida, portlaş ovozlari eşitilmoqda, odamlar sarosimada”.
- “AQŞ istiqbolda quruqliqdagi amaliyotga olib boruvçi yangi ziddiyatga tortildi”.
- “Erondagi siyosiy rejim saqlanib qoldi va katta ehtimol bilan yanada kuçliroq böldi”.
- “Xalq ilgari hatto u qadar xayrixoh bölmagan diniy rahbariyat tegrasida birlaşmoqda”.
- “Tinçlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp AQŞ uçun yangi uruş boşladi”.
- “Dunyoning mutlaq köpçiligi Isroil va AQŞ xatti-harakatlariga qarşi”.
Rossiya sobiq prezidenti öz postida aynan qaysi davlatlar va qanday şartlarga köra Tehronga jangovar yadro komplektlarini taqdim etmoqçi ekaniga oydinlik kiritmagan.
Eslatib ötamiz, bunga qadar bir qator bahsli bayonotlar bergan Medvedev Moskva yadro qurolidan foydalaniş huquqiga ega ekanini ham pisanda qilib keladi. Jumladan, u yadro qurolini “Buyuk Rossiyani saqlab qolişning eng yaxşi kafolati” deb iddao qilgan.
Xabaringiz bor, AQŞ harbiylari 22 iyunga ötar keçasi Erondagi uçta yadroviy obekt – Fordo, Natanz va Isfahonga havo hujumi uyuştirdi.