Özbekiston raqibining JÇ oldidan öyini bekor qilindi
3-06-2026, 15:17
44 марта

Özbekiston raqibining JÇ oldidan öyini bekor qilindi
Joriy yilning 9 iyun kuni Ispaniyaning La-Linea-de-la-Konsepson şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan Kongo Demokratik Respublikasi va Çili terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi bekor qilindi. Bu haqda “Mundo Deportivo” naşri xabar berdi.
Malum qilinişiça, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan boğliq vaziyat sababli şahar meri Xuan Franko uçraşuvni ötkazişni taqiqlovçi qarorni imzolagan.
Şahar rahbarining takidlaşiça, mazkur qaror soğliqni saqlaş xavfsizligi nuqtai nazaridan, Andalusiya Soğliqni saqlaş vazirligining tavsiyalari hamda şahar tibbiy xizmati xulosalari asosida qabul qilingan.
“Bu qarorni qabul qilişga majbur bölganimizdan afsusdamiz, çunki uşbu öyin şahar uçun muhim va qiziqarli voqea edi. Biroq Kongodagi sanitariya vaziyati va taqdim etilgan hujjatlar heç qanday xavf yöqligiga töliq kafolat bermaydi. Şu bois mazkur qarorni eng maqbul yeçim deb hisoblaymiz”, deydi Xuan Franko.Şunga qaramay, Kongo DR terma jamoasi 2026 yilgi jahon çempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa joriy yilning 3 iyun kuni Belgiyaning Lej şahrida Daniyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşişi rejalaştirilgan.