Ebola sabab Kongoda aviaqatnovlar töxtatildi
25-05-2026, 09:22
93 марта

Ebola sabab Kongoda aviaqatnovlar töxtatildi
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi aviaqatnovlarni töxtatganiga qaramay tarqalişda davom etmoqda. Bu haqda keça, 24 may kuni “Bloomberg” xabar berdi.Qayd etilişiça, Bunia şahri Uganda çegarasi yaqinida joylaşgan bölib, u yerda ham Ebola yuqtiriş holatlari qayd etila boşlagan.
“Kongo Demokratik Respublikasi şarqdagi Bunia şahri bilan aviaaloqani töxtatdi, mintaqa soğliqni saqlaş vazirlari esa Ebola epidemiyasi bilan boğliq transçegaraviy xavflar kuçayayotgani haqida ogohlantirdi”, deyiladi xabarda.Kongo Demokratik Respublikasi Transport vazirligi şaharga tijorat, xususiy va maxsus reyslarni taqiqlagan. Faqat gumanitar va tibbiy taşuvlarga istisno tariqasida ruxsat berilgan.
Maqola mualliflari çeklovlar virus tarqalişini töxtata olmaganini takidlagan. Kasallaniş holatlari mamlakatning uçta viloyati – Ituri, Şimoliy Kivu va Janubiy Kivuda qayd etilgan. Bundan taşqari, mamlakat soğliqni saqlaş tizimi kasallikni kuzatişda jiddiy qiyinçiliklarga duç kelmoqda.
Malum qilinişiça, Kongo Demokratik Respublikasida aniqlangan 1745 nafar aloqador şaxsning atigi beşdan biri kuzatuvga olingan. Şuningdek, 867 ta ehtimoliy kasallaniş holati va 204 ta taxminiy ölim qayd etilgan.