Kongoda Ebola sabab şifoxonalarga öt qöyildi
22-05-2026, 14:52
179 марта

Kongoda Ebola sabab şifoxonalarga öt qöyildi
Kongo Demokratik Respublikasining şarqida Ebola virusining tarqaliş markaziga aylangan hududdagi şifoxona bölimiga hujum qilindi. Ğazablangan olomon Eboladan vafot etgani taxmin qilingan yigitning jasadini olib çiqişga ruxsat berilmagaç, izolyatsiya çodirlariga öt qöygan. Bu haqda BBCxabar berdi.Voqea Ituri viloyatidagi Bunia şahri yaqinida joylaşgan Rvampara umumiy şifoxonasida yuz bergan. Mahalliy siyosatçi Lyuk Malembening aytişiça, odamlar şifoxonaga toş va turli buyumlar uloqtirgan, keyin esa Ebola bilan kasallangan bemorlar saqlangan çodirlarni yoqib yuborgan.
Tartibsizlik vaqtida politsiya olomonni tarqatiş uçun havoga ogohlantiruvçi öq uzgan. Şifoxona xodimlaridan biri namoyişçilar uloqtirgan toş sabab jarohat olgan.
Mahalliy rasmiylarga köra, vafot etgan yigit hududdagi taniqli futbolçilardan biri bölgan. Uning yaqinlari esa Ebola taşxisiga işonmagan. Yigitning onasi öğli Ebola emas, iç terlama kasalligidan vafot etganini aytgan. Rasmiylar Eboladan vafot etgan inson jasadi juda yuqumli bölişini, şu sabab xavfsiz dafn qoidalari qatiy nazorat qilinişini bildirgan.
Mahalliy siyosatçi Malembening aytişiça, ayrim hududlarda odamlar Ebola virusiga umuman işonmaydi.
“Bazi aholi Ebolani taşqaridan öylab topilgan kasallik deb hisoblaydi. Ular nodavlat taşkilotlar va şifoxonalar pul işlaş uçun buni uyuştiryapti deb öylaydi”, degan u.Hodisa oqibatida ikki çodir yonib ketgan. Dafn qilinişi kerak bölgan jasad ham yonğin içida qolgan.
JSST malumotlariga köra, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bilan boğliq 600 ga yaqin gumonli holat qayd etilgan bölib, 130 dan ortiq odam vafot etgan. Virusning ikki holati qöşni Uganda hududida ham aniqlangan.