Turkiyada 37 yoşli erkak 6 kişini otib taşladi
19-05-2026, 14:34
202 марта

Turkiyada 37 yoşli erkak 6 kişini otib taşladi
Keça, 18 may kuni Turkiyaning Mersin viloyatida 37 yoşli erkak ov quroli bilan odamlarni otib taşladi. Hujum oqibatida 6 kişi halok böldi, 8 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.Qayd etilişiça, voqea Mersin viloyatining Çamliyayla tumanida sodir bölgan. Gumonlanuvçi erkak sobiq turmuş örtoği bilan janjallaşgan va unga özining ov miltiği bilan öq uzgan. Ayol voqea joyida vafot etgan.
Boşqa bir mahalliy manbalarga köra, erkak restorandan çiqqandan keyin ham yölda duç kelgan odamlarga qarata öq uzgan. Dastlabki tergovda 3 kişi voqea joyida halok bölgani va yana 3 kişi şifoxonada vafot etgani hamda 8 nafar tinç aholi turli darajada jarohatlangani aniqlangan. Tergov hujjatlariga köra, gumonlanuvçi muntazam giyohvand moddalar istemol qilgan va hujum vaqtida ham sarxuş bölgan.