Manhetten metrosida erkak piçoqbozlik qildi
12-04-2026, 09:59
63 марта

Manhetten metrosida erkak piçoqbozlik qildi
AQŞning Manhetten tumanidagi metro bekatida piçoq bilan qurollangan erkak yölovçilarga hujum qilib, uç kişini jarohatladi. Politsiya ofitseri hujumçiga qarata öq uzib, uni oğir yaraladi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, CBS telekanali xabar berdi.Qayd etilişiça, voqea keça, 11 aprel kuni sodir bölgan. ABC malumotlariga köra, erkak poyezd içida özini ğalati tutgan, söngra “Markaziy vokzal” (Grand Central) bekati platformasida yölovçilarga hujum qilgan. Gumonlanuvçi qurolni taşlaş haqidagi politsiya talabini bajarişdan boş tortgan, şundan söng unga qarata öq uzilgan. U oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgan.
ABC xabarida piçoqli hujum oqibatida ikki kişi jabrlangani aytilmoqda. CBS bergan malumotga köra esa jarohatlanganlar uç nafar: 84 yoşli erkak, 70 yoşli ayol va 65 yoşli erkak. Politsiyaning malum qilişiça, barça jabrlanuvçilar şifoxonaga yotqizilgan va ahvoli barqaror.
Şuningdek, huquq-tartibot organlari voqeaning terrorizm bilan boğliq belgilari yöqligini takidlagan. Hujumçining şaxsi hozirça oşkor etilmagan. “The New York Times” naşrining yozişiça, bekatda poyezdlar harakati ikki yönalişda ham qayta yönaltirilgan, turniketlar atrofidagi hudud esa sariq tasma bilan öralib, yölovçilar uçun kiriş yopib qöyilgan.