36 yoşli erkak leytenant qaynoğasi tomonidan otib taşlandi
4-04-2026, 13:34
1 034 марта

36 yoşli erkak leytenant qaynoğasi tomonidan otib taşlandi
Joriy yilning mart oyi oxirida Qozoğistonning Aqtobe viloyatida 36 yoşli erkak leytenant qaynoğasi tomonidan otib taşlandi. Bu haqda KTK xabar berdi.Qayd etilişiça, gumondor Xromtoğda işlovçi uçastka inspektori yordamçisi ekanini tasdiqlagan. Dastlabki malumotlarga köra, u xizmat qurolidan foydalanib, 36 yoşli kuyoviga qarata bir neça bor öq uzgan. Hodisadan söng katta leytenant qölga olingan.
Etiborli tomoni şundaki, jabrlanuvçining özi turmuş örtoğining akasiga nisbatan heç qanday davosi yöqligini bildirgan va şikoyat qilmasligini aytgan.
Qurolli mojaroning aniq sababi hozirça oçiqlanmagan. Jarohatlari sababli erkak hozirça yura olmaydi. Reanimatsiyadan çiqqan jabrlanuvçi özini yaxşi his qilayotganini, muolajalarni davom ettirayotganini aytgan. Qaynoğasi undan keçirim söragan va u uni keçirgan.
Şifoxona rahbarining malum qilişiça, otişma oqibatida erkak bir neçta oğir jarohatlar olgan. Uning tos suyaklari, bilak va ikkala öpkasi öqdan zararlangan. Hozirça uning ahvoli örtaça holatda ekani takidlangan.