Turkiyada markaziy osiyolik erkak otib öldirildi
7-04-2026, 11:02
547 марта

Turkiyada markaziy osiyolik erkak otib öldirildi
Joriy yilning 31 mart kuni Turkiyaning Istanbul şahrida Qozoğiston fuqarosi otib öldirildi. Bu haqda “Orda” xabar berdi.Malumotlarga köra, hodisa soat taxminan 16:30 da şaharning Fotih tumanidagi Zaynab Komil köçasida sodir bölgan. Nomalum şaxs erkakka yaqinlaşib, uning boşiga öq uzgan va voqea joyidan qoçib ketgan. Jabrlanuvçi esa voqea joyida halok bölgan. Hodisa kuzatuv kameralariga ham tuşib qolgan.
Keyinçalik suriştiruv doirasida huquq-tartibot organlari jinoyatda gumon qilingan ikki nafar Gruziya fuqarosini qölga olgan. Ular Edirne hududida, çegaradan noqonuniy ötişga urinayotgan paytda dron yordamida aniqlangan.
Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi uşbu hodisadan xabardor ekanini malum qilgan. Bildirilişiça, hozirda Turkiya vakolatli organlari tomonidan zarur tergov işlari olib borilmoqda.