Turkiyada özbekistonlik ayol 4-qavatdan tuşib ketdi
17-03-2026, 09:32
455 марта

Turkiyada özbekistonlik ayol 4-qavatdan tuşib ketdi
Turkiyaning Izmir şahrida Özbekiston fuqarosi köp qavatli turarjoy binosining törtinçi qavatidan tuşib ketdi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi xabar berdi.
Dastlabki malumotlarga köra, asli Namangan viloyatidan bölgan 22 yoşli fuqaro S.H. Izmir şahrida yaşab kelayotgan vaqtida köp qavatli turarjoy binosining törtinçi qavatidan tuşib ketgan. Hozirda u davlat şifoxonasida davolanmoqda.
Şifokorlarning malumotiga köra, fuqaroning ahvoli oğir ekani qayd etilgan.
Aniqlanişiça, S.H. Turkiya fuqarosi bölgan şaxs bilan imom nikohi asosida turmuş qurgan, biroq uşbu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Malumotlarga köra, nikoh marosimi Namangan viloyati, Çust tumanida ötkazilgan.
Keyinçalik ular Turkiyaning Izmir şahriga kelib, kuyovning yaqin qarindoşlari bilan bir xonadonda yaşab kelgan. Qayd etilişiça, turmuş örtoği ham S.H. kabi eşitiş va nutqida nuqsoni bölgan şaxs hisoblanadi.
Mazkur hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan jinoiy iş qözğatilgan bölib, voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaş maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda. Töplangan materiallar tegişli tartibda prokuratura organlari tomonidan körib çiqilmoqda.
“Vaziyat Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. Fuqaroning soğliği holati hamda tergov jarayonlari yuzasidan Turkiya vakolatli idoralari bilan yaqin hamkorlikda iş olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.