Rossiyadagi qurilişda özbekistonlik yigit halok böldi
8-10-2025, 18:16
791 марта
Rossiyadagi qurilişda özbekistonlik yigit halok böldiJoriy yilning 1 oktyabr kuni 22 yoşli Özbekiston fuqarosi Rossiyaning Arxangelsk şahrida quriliş işlari davomida baxtsiz holat sababli vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu holat yuzasidan Boş konsulxona tomonidan Rossiya Taşqi işlar vazirligining Arxangelsk viloyatidagi vakolatxonasiga tegişli nota yuborilgan. Malum bölişiça, 2003 yilda Surxondaryo viloyati tuğilgan fuqaro N.S. “Koritsa” turarjoy kompleksida olib borilayotgan quriliş işlari davomida 5 qavatidan tuşib ketib, vafot etgan.
Holat yuzasidan Arxangelsk şahri Solombal okrugi tergov bölimi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi 2-qismi bilan (quriliş yoki boşqa işlarni bajarişda xavfsizlik qoidalarini buziş) jinoyat işi qözğatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Uşbu holat Boş konsulxona nazoratiga olingan.