Rossiyada qurilişda işlayotgan özbekistonlik halok böldi
18-09-2025, 22:08
945 марта

Rossiyada qurilişda işlayotgan özbekistonlik halok böldi
Joriy yilning 16 sentyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida 23 yoşli özbekistonlik işçi quriliş maydonida halok böldi. Bu haqda Rossiyaning Şimoli-ğarbiy mintaqalararo mehnat inspektsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Dobrolyubov prospektida Rossiya Oliy sudi va Oliy sud huzuridagi cud departamenti binosini quriş jarayonida 23 yoşli özbekistonlik işçi quriliş “lesa”da işlayotganda 15 metr balandlikdan qulab tuşib, voqea joyida vafot etgan. Aniqlanişiça, halok bölgan işçi va quriliş kompaniyasi örtasida rasmiy mehnat hujjatlari mavjud bölmagan.
Şimoli-ğarbiy mintaqalararo mehnat inspektsiyasi rahbari örinbosari Olga Kazanskayaning sözlariga köra, hodisaning ehtimoliy sabablari işçining şaxsiy himoya vositalaridan foydalanmagani, jamoaviy himoya vositalarining yöqligi va balandlikda işlarni qoniqarsiz taşkil etiş bölgan.