USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Afrikaga Ebola qaytmoqda: Iturida 65 kişi virusdan halok böldi

103 марта

Afrikaga Ebola qaytmoqda: Iturida 65 kişi virusdan halok böldi

Kongo Demokratik Respublikasi şarqidagi Ituri provintsiyasida Ebola virusining tarqalişi oqibatida 65 kişi halok böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Afrika Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi malumotlariga köra, hozirgaça taxminan 246 ta kasallaniş va 65 ta ölim holati qayd etilgan. Holatlar asosan Mongvalu va Rvampara oltin qazib oluvçi şaharlarida kuzatilgan. 65 ta ölim holatidan törttasi laboratoriyada tasdiqlangan holatlar orasida qayd etilgan.


Malumot uçun, Ebola birinçi marta 1976 yilda hozirgi Kongo Demokratik Respublikasida aniqlangan bölib, virus odamlarga körşapalaklardan yuqqani taxmin qilingan. Bu – mamlakatda halokatli virusli kasallikning 17-marta avj olişi. U tana suyuqliklari bilan bevosita aloqa qiliş va şikastlangan teri orqali tarqaladi, bu esa oğir qon ketişiga va organlar yetişmovçiligiga olib keladi.

Ebolaning dastlabki alomatlari isitma, muşak oğriği, çarçoq, boş oğriği va tomoq oğriğini öz içiga oladi. Undan keyin qusiş, diareya, toşma va qon ketişi kuzatiladi. Hozirça Ebolaga qarşi tasdiqlangan davo yöq.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti malumotlariga köra, örtaça ölim darajasi taxminan 50 foizni taşkil qiladi.

Poytaxt Kinşasadagi Biotibbiy tadqiqotlar milliy institutida ötkazilgan dastlabki testlarda Kongo Demokratik Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Milliy jamoat instituti bilan maslahatlaşuvlardan söng tahlil qilingan 20 ta namunadan 13 tasida virus aniqlangan. Hozirda virusning ştammini aniqlaş uçun testlar ham ötkazilmoqda.

Ayni paytda Kongo hukumati epidemiya rasman avj olganini hali elon qilmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: