AQŞda otişma oqibatida 4 kişi halok böldi
12-10-2025, 06:02
198 марта

AQŞda otişma oqibatida 4 kişi halok böldi
Bugun, 11 oktyabr kuni Missisipi ştatining Liland şahrida sodir bölgan otişma oqibatida 4 kişi halok böldi, kamida 12 kişi jarohat oldi. Bu haqda CBS News xabar berdi.Liland meri Jon Lining aytişiça, otişma tunda, mahalliy vaqt bilan soat 00:00 lar atrofida sodir bölgan. Yaradorlardan törttasi mahalliy şifoxonaga vertolyot orqali olib ketilgan. Ularning holati haqida malumot berilmagan. Hozirça heç kim hibsga olinmagan, tergov işlari davom etmoqda.
Merning sözlariga köra, otişma şahar markaziy köçasida yuz bergan. Öşa paytda şaharga Liland örta maktabining futbol öyini uçun köplab odamlar töplangan bölgan. Maktab saytiga köra, Liland High Sçool öşa kuni Çarleston High Sçool’ga qarşi öyin ötkazişi kerak edi.
Malumot uçun, Liland – Missisipining Vaşington okrugida joylaşgan kiçik şahar bölib, 2020 yilgi aholini röyxatga oliş malumotlariga köra, uning aholisi taxminan 4 ming kişini taşkil etgan.