AQŞdagi maktabda otişma yuz berdi: uç kişi ölgan
27-08-2025, 21:52
190 марта

AQŞdagi maktabda otişma yuz berdi: uç kişi ölgan
AQŞning Minneapolis şahridagi katolik maktabida otişma yuz berdi. AQŞ Adliya vazirligi kamida 3 kişi halok bölgani va 20 dan ortiq kişi yaralanganini malum qildi.CNN telekanali huquq-tartibot idoralariga tayanib, otişmada gumon qilinayotgan şaxs öz joniga qasd qilgani haqida xabar bermoqda.
NBC telekanalining takidlaşiça, hujumçi katolik maktabida ertalabki ibodat vaqtida otişma boşlagan.
Politsiya malumotlariga köra, bu Minneapolisda 24 soat içida sodir bölgan törtinçi jiddiy otişmadir.
AQŞ prezidenti Donald Tramp voqea joyida FQB iş olib borayotganini aytdi.
"Men Minnesota ştatidagi Minneapolis şahrida sodir bölgan fojiali otişma haqida töliq malumotga egaman. FQB tezda javob berdi va voqea joyida işlamoqda. Oq Uy bu dahşatli vaziyatni kuzatişda davom etadi", deya yozadi Tramp Truth Social sahifasida.