Nyu-Yorkdagi otişmada 5 kişi halok böldi
29-07-2025, 14:08
222 марта

Nyu-Yorkdagi otişmada 5 kişi halok böldi
Duşanba kuni Manxetten markazidagi ofis binosida qurolli şaxs tomonidan otişma sodir etildi. Natijada kamida beş kişi, jumladan, nafaqadagi politsiyaçi halok böldi.Gumonlanuvçi Nevada ştatidan Şeyn Tamura ekanligi aniqlangan. Politsiya u özini öldirganini aytdi.
Agentlik malumotlariga köra, Tamura binoga M4 avtomati bilan kirib kelgan va u yerda öq uzişni boşlagan, natijada sobiq politsiyaçi va uç kişi halok bölgan. Keyin u Ruden Building Management joylaşgan qavatga kötarilib, bir ayolni öldirgan. 6 kişi esa oğir yaralangan.
«Şundan söng Tamura binoning qabulxonasiga qaytib kelib, öz joniga qasd qildi. 27 yoşli qurollangan şaxs Las-Vegasda yaşagan va yaşirin qurol olib yuriş uçun litsenziyaga ega edi», –dedi Nyu-York politsiyasi komissari Jessika Tiş. Uning aytişiça, hujumçi ruhiy kasallikdan aziyat çekkan.
Fojia sodir bölgan osmonöpar bino Markaziy boğdan bir neça blok narida, gavjum Midtoun hududida joylaşgan. Unda mamlakatning yetakçi moliyaviy firmalari, jumladan, Blackstone va KPMG, Irlandiya konsulligi va Milliy futbol ligasining ştab-kvartirasi joylaşgan.