Rubio NATOni çuqur isloh qilişga çaqirdi
3-06-2026, 22:23
41 марта

Rubio NATOni çuqur isloh qilişga çaqirdi
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Şimoliy Atlantika şartnomasi taşkilotiga (NATO) çuqur islohotlar zarur, degan fikrni bildirdi. Uning AQŞ Kongressi Vakillar palatasining Taşqi işlar qömitasidagi eşituvlardagi nutqi NBC News telekanali tomonidan jonli efirda uzatildi.“Mening fikrimça, NATOga çuqur islohotlar zarur”, deydi Rubio.Amerika taşqi siyosat mahkamasi rahbaridan NATOda hozirning özida şu kabi özgarişlar ketayotgani haqida söraşganda, u buni inkor etdi.
U AQŞning NATO böyiça yevropalik ittifoqçilariga tegişli harbiy bazalardan foydalaniş imkoniyati masalasi “Turkiyadagi uçraşuvda” – alyansning 7–8 iyul kunlari Anqarada bölib ötadigan sammitida “muhim örin egallaşini” bildirgan.
Qayd etilişiça, Vaşington Amerika-Isroilning Eron bilan uruşi paytida AQŞ qurolli kuçlarining öz bazalariga kirişini çeklab qöygan bir qator Yevropa NATO azolarining harakatlarini keskin tanqid qilgan.
Bundan taşqari, Rubio NATO Boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuvi çoğida taşkilotni harbiy işlab çiqarişni kengaytirişga çaqirgan. Uning sözlariga köra, Vaşington harbiy blokdan mudofaa-sanoat bazasini kengaytirişni va xarajatlar böyiça majburiyatlarni haqiqiy jangovar imkoniyatlarga aylantirişni kutmoqda. Davlat kotibining aytişiça, NATOning kuçi Yevropa davlatlarining kuçiga boğliq.