Saidov Rubio va uning örinbosari bilan uçraşdi
5-02-2026, 14:53
109 марта

Saidov Rubio va uning örinbosari bilan uçraşdi
Bugun, 5 fevral kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Vaşingtonda öta muhim minerallar böyiça Vazirlar yiğilişida doirasida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va uning birinçi örinbosari Kristofer Landau bilan uçraşdi. Bu haqda Saidov özining Telegram-kanalida malum qildi.“AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan keng qamrovli va mazmunli muloqot ötkazganimizdan mamnunmiz. Unda ikki tomonlama kun tartibigina emas, balki global miqyosdagi eng dolzarb masalalar ham muhokama qilindi”, deydi Özbekiston Taşqi işlar vaziri.
Uning bildirişiça, uçraşuvda yaqinda taşkil etilgan “Tinçlik kengaşi” mojarolardan jabr körgan hududlarda barqarorlik va farovonlikni taminlaşga xizmat qiluvçi samarali platformaga aylanib borayotgani, millionlab insonlarga yanada xavfsiz va munosib kelajak sari umid bağişlayotgani alohida takidlangan.
Şuningdek, ular umumiy çaqiriqlarni hal etiş, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlaş hamda barqaror rivojlanişni ilgari suriş yölida hamkorlikni davom ettirişga bölgan muştarak intilişni yana bir bor tasdiqlagan.
Bundan taşqari, Saidov AQŞ Davlat kotibining birinçi örinbosari Kristofer Landau bilan samarali uçraşuv ötkazgan. Ular örtasidagi muhokamalar, eng avvalo, Oliy darajada erişilgan barça kelişuvlarning öz vaqtida va samarali amalga oşirilişini taminlaş, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirişga qaratilgan.
“Şuningdek, 2026 yilga möljallangan ikki tomonlama kun tartibi yuzasidan fikr almaşdik hamda Özbekiston va Amerika Qöşma Ştatlari örtasidagi kengaytirilgan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlaşga bölgan umumiy intilişlarimizni tasdiqladi”, deydi Özbekiston Taşqi işlar vaziri.