Özbekiston TIV rahbari Lavrov bilan gaplaşdi
23-08-2025, 01:03
220 марта

Özbekiston TIV rahbari Lavrov bilan gaplaşdi
Bugun, 22 avgust kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov rossiyalik mavqedoşi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Saidov özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Özbekiston TIV rahbariga köra, suhbat davomida Özbekiston va Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, ikki davlat rahbarlari tomonidan erişilgan barça kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş masalalari muhokama qilingan.
“Yaqinlaşib kelayotgan ikki tomonlama tadbirlar hamda mintaqamizda işonç va hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy maydonlardagi qöşma say-harakatlarni ham körib çiqdik”, deya qöşimça qiladi Saidov.