Tramp Qatar Boş vaziri bilan uçraşdi
13-09-2025, 12:18
129 марта

Tramp Qatar Boş vaziri bilan uçraşdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 12 sentyabr kuni Qatar Boş vaziri va Taşqi işlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uçraşdi. Bu haqda Oq uy vakili jurnalistlarga malum qildi.Amerika yetakçisining press-pulidan olingan xabarga köra, “Oq uy Prezident Tramp rejalaştirilganidek Qatar Boş vaziri bilan birga ovqatlanganini tasdiqlagan”. Biroq uçraşuvda nimalar muhokama qilinganiga aniqlik kiritilmagan.
Vaşington mamuriyati Tramp va uning tinçlik missiyalari böyiça maxsus vakili Stiven Uitkoff 12 sentyabr kuni Qatar Boş vaziri bilan uçraşişini malum qilgandi.
Amerikaning “Politico” gazetasi 11 sentyabr kuni Qatar Boş vaziri Nyu-York va Vaşingtonga taşrif buyurib, Tramp, Uitkoff, AQŞ vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens va Davlat kotibi Marko Rubio bilan uçraşişi haqida xabar berdi. Naşrning qayd etişiça, tomonlar Isroilning Dohaga bergan zarbasini, şuningdek, Ğazo sektoridagi harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça muzokaralarni muhokama qiladi.