Putinning samolyoti Alyaskaga qöndi
15-08-2025, 23:11
993 марта

Putinning samolyoti Alyaskaga qöndi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bölgan maxsus bort AQŞning Alyaska ştatidagi Ankorij şahriga qöndi. Bu haqda “Flightradar24” xabar berdi.Qayd etilişiça, Rossiya rahbarining parvozni onlayn kuzatayotganlar soni 469 mingdan oşgan. Putin ikki soatdan sal köproq vaqt uçgan.
NBC News xabariga köra, Elmendorf-Riçardson harbiy-havo kuçlari qöşma bazasida Rossiya rahbarini qabul qiliş uçun tantanali marosim taşkil etiladi va Putinniy oyoqlari tagiga qizil gilam töşaladi. Naşrning qöşimça qilişiça, Tramp Putinni şaxsan özi kutib oliş niyatida.
Vladimir Putin va AQŞ Prezidenti Donald Trampning Alyaskadagi uçraşuvi 15 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 11:30 da (Özbekiston vaqti bilan soat 23:30) boşlanadi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibida Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, Prezident yordamçisi Yuriy Uşakov, Mudofaa vaziri Andrey Belousov, Moliya vaziri Anton Siluanov va Prezidentning xorijiy investitsion hamkorlik böyiça maxsus vakili Kirill Dmitriyev bor.
AQŞ tomonidan Davlat kotibi Marko Rubio, Savdo vaziri Govard Lyutnik va Moliya vaziri Skott Bessent, şuningdek, Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff bor.