USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Albaniyada namoyişlar: Trampning kuyoviga aloqador kompaniya muhofaza hududida kurort qurmoqçi

76 марта
Albaniyada namoyişlar: Trampning kuyoviga aloqador kompaniya muhofaza hududida kurort qurmoqçi

Adriatika dengizidagi orol va kamyob hayvonlar yaşaydigan sohil böyida Jared Kuşnerga aloqador kompaniya 1,6 milliard dollarlik haşamatli majmua qurmoqçi. Albaniyalik namoyişçilar va olimlarga köra, muhofaza zonasida quriladigan minglab villalar oqibatida yovvoyi tabiat butunlay vayron böladi.

2 iyun kuni minglab albaniyaliklar poytaxt Tirana köçalariga çiqib namoyiş ötkazdi. Ular Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerga aloqador kompaniya Adriatika dengizi sohilida rejalaştirilgan quriliş loyihasiga qarşi norozilik bildirmoqda.
Reutersʼning yozişiça, qiymati 1,6 milliard dollar bölgan kurort loyihasi Kuşnerning «Affinity Partners» investitsiya firmasi tomonidan Vyose-Narta qöriqlanadigan hududi yaqinidagi özlaştirilmagan sohilda amalga oşirilmoqda.

2024 yil dekabr oyida Albaniya hukumati Kuşner tomonidan taklif etilgan, bir vaqtlar suvosti kemalarining maxfiy harbiy bazasi bölgan kimsasiz Sazan orolida quriliş qiliş rejasiga dastlabki ruxsatni bergandi.
2026-06-03 20.36.10
Seşanba kuni keçqurun namoyişçilar Albaniya boş vaziri Edi Ramaning idorasi oldiga töplanişdi. Ular qöllarida «Millat sotilmaydi» va «Men Albaniyaning Dubay kabi bölişini xohlamayman» degan yozuvli plakatlarni uşlab turişgandi.

2026-06-03 20.36.22
Foto: Reuters
«Biz barça qurilişlar töxtatilişini va oğir texnikalar muhofaza etiladigan hududdan olib çiqilişini istaymiz», degan ekolog Joni Vorpsi. Uning aytişiça, bu kurort loyihasi – «taxminan 10 000 xonali yangi şahar böladi va u yovvoyi tabiat hududini butunlay vayron qiladi».

Noroziliklar va töqnaşuvlar
Sönggi bir neça kun içida quruvçilar Vlyora yaqinidagi rejalaştirilgan hududda katta tikanli, simli tösiqlar örnatgaç norozilik namoyişlari yanada kuçaygan.

Namoyişçilar oğir texnika izlari va qum tepaliklarini buzayotgan buldozerlarni payqaşgan. U yerga olib boradigan kamida bitta yöl ham qurilgan.
2026-06-03 20.36.32
Foto: Reuters
Şundan söng, 30 may – şanba kuni bir neça yuz kişi töplanib, xususiy qöriqçilar bilan töqnaşdi va bazilar jarohat oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda xususiy kompaniya qöriqçilari tikanli simli tösiqlar ortidan baqirişgani köringan.
2026-06-03 20.36.28
Foto: Reuters
Boşqa bir kadrda ikki kişi bir odamni qöllaridan uşlab qum ustida sudrab ketayotgani, odamlar esa bir-birlariga loyga öxşaş narsalarni otişayotganini köriş mumkin.

«Bu zararli va yangi loyihalarga ham yöl oçadi»
Vyose-Narta muhofaza etiladigan landşafti – Albaniya qirğoqlari yaqinidagi orol hamda flamingolar, tyulenlar va dengiz toşbaqalari in quradigan 405 gektar qirğoqböyi va botqoqlik hududini qamrab oladi.

New York Times'ning yozişiça, agar rejalar amalga oşsa, hududda 6 ming xonalik mehmonxona va villalar quriladi. Albaniyalik ekologlar hududga şunga öxşaş boşqa loyihalar ham ergaşib kelişidan qörqmoqda. Şu bois uşbu rejaga qarşi çiqişmoqda. Ularning sözlariga köra, bu qurilişlar bir neça yuz gektarlik inson qöli yetmagan plyajlarga salbiy tasir körsatadi.
2026-06-03 20.36.47
Albaniya Ornitologiya jamiyati rahbari va reja muxolifi Taulant Bino loyihaga bölgan qarşilik faqat ekologik faollar doirasidan taşqariga çiqqanidan mamnunligini aytdi.

Uning sözlariga köra, muammolardan biri şundaki, bunday quriliş loyihalari uçun odatda talab qilinadigan atrof-muhitga tasirni baholaş hisoboti jamoatçilikka elon qilinmagan.

Aprel oyining oxiridan beri namoyişçilar rejalaştirilgan qurilişlardan biri joylaşgan Zvernes yarim oroliga töplanişmoqda.
Hukumat va quruvçilar loyihani himoya qilmoqda
Albaniya boş vaziri Edi Rama bu loyihalarni "turizm iqtisodiyotini kengaytiriş va xorijiy investorlarni jalb qiliş imkoniyati", deb bir neça bor himoya qilgan.

2 iyun kuni ham Rama ijtimoiy tarmoqdagi postida bu loyihalar «Örta yer dengizining uşbu tomonidagi eng jozibali maskanni yaratiş istagi» ekanini aytdi.
U muxoliflarning - "Trampning marhamatiga sazovor böliş uçun uning kuyoviga aloqador kompaniyaga imtiyozli munosabatda bölmoqda", degan fikrlarini rad etdi.
2121
Albaniya boş vaziri Edi Rama
Rama uşbu loyihani himoya qilişda davom etib, «har qanday holatda ham investorlar duşmanlik bilan kutib olinadigan davlat» degan tamğani olmaslik haqida gapirdi.

«Modomiki men şu yerda ekanman, investitsiyalar töxtatilişiga mutlaqo heç qanday imkoniyat yöq», dedi u Reuters agentligi bilan bölişgan bayonotida.
Quruvçilar esa işlarni masuliyat bilan olib borişlarini aytişmoqda.

«Bizning diqqat-etiborimiz hamon masuliyatli boşqaruv, atrof-muhitni yaxşilaş, iş örinlari yaratiş va mahalliy jamoalar uçun uzoq muddatli qiymat şakllantirişga qaratilgan», dedi Kuşner firmasi bilan hamkorlikda rejalarni işlab çiqayotgan kompaniyasi raisi Aşer Abexsera.
2026-06-03 20.36.44
Foto: ReutersJared Kuşner
Şuningdek, ular «davom etayotgan jamoatçilik va institutsional jarayonlarni hurmat qilişini» takidlagan. «Affinity Partners» va Kuşnerning özi loyiha yuzasidan izoh bermagan.

Kuşner uşbu kurortni quriş rejalarini 2024 yilda elon qilgan edi. Naşrning yozişiça, bu Serbiya poytaxti Belgraddagi sobiq armiya ştab-kvartirasini ham öz içiga olgan keng kölamli investitsiyalarning bir qismidir. Ötgan yili unga qarşi köça namoyişlaridan söng Kuşner Serbiyadagi loyihasidan voz keçgandi.
111111

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: