Xorazm milliy tabiat boğida börsiq fotoqopqonga tuşdi
8-01-2026, 12:14
352 марта
Xorazm milliy tabiat boğida börsiq fotoqopqonga tuşdiXorazm milliy tabiat boği hududida joylaşgan Yangiyobozor tumanidagi **“Yovvoyi hayvonlarni köpaytiriş suniy pitomnigi”**da quvonarli holat qayd etildi. Mazkur hududga örnatilgan fotoqopqonlar orqali **börsiq (barsuk)**ning suratlari muhrlandi.
Mutaxassislarning takidlaşiça, fotoqopqonlarga yovvoyi hayvonlarning tuşişi hududda tabiiy muhit barqarorligi saqlanayotganidan va muhofaza çoralari samarali amalga oşirilayotganidan dalolat beradi. Börsiq esa kam körinadigan, ehtiyotkor va asosan tungi hayot tarzini olib boradigan yovvoyi hayvonlar qatoriga kiradi.
Qayd etilişiça, fotoqopqonlar yordamida yovvoyi hayvonlarning harakatlaniş yönalişlari, soni va faollik vaqti örganilib, ularni muhofaza qiliş hamda köpaytiriş böyiça ilmiy-amaliy çora-tadbirlar belgilanadi.
Xorazm milliy tabiat boği mamuriyati tabiiy boyliklarni asraş, bioxilma-xillikni saqlaş va yovvoyi hayvonlarni muhofaza qiliş yölida tizimli işlar olib borayotganini malum qildi. Bunday kuzatuvlar esa ekologik barqarorlikni taminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassislar aholini tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bölişga, qöriqlanadigan hududlarda qoidalarga qatiy amal qilişga çaqirmoqda.
