USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

XORAZMDA “SUVQIYĞIR” QUŞI TABIAT QÖYNIGA QAYTDI

284 марта
XORAZMDA “SUVQIYĞIR” QUŞI TABIAT QÖYNIGA QAYTDI

Xorazm viloyatida tabiatni muhofaza qiliş yölida navbatdagi ezgu işlardan biri amalga oşirildi.

Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti hamda Xorazm viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi Urganç tumani bölimi hamkorligida yaralangan quşni soğlomlaştiriş va tabiiy muhitiga qaytariş işlari olib borildi.

 “Suvqiyğir”ning qutqarilişi


2025 yil 3 oktyabr kuni Urganç tumani hududida yaralangan “Suvqiyğir” (Skopa, Pandion haliaetus) quşi topildi. U Xorazm milliy tabiat boği ilmiy bölimiga topşirildi.

Mazkur quş — suv havzalari yaqinida yaşovçi, noyob va davlat muhofazasi ostidagi yovvoyi quşlar turiga mansub.

Davolaş va parvariş

Quşni soğlomlaştiriş maqsadida Xorazm milliy tabiat boği veterinar mutaxassislari tomonidan zarur tibbiy körik, davolaş va parvariş işlari amalga oşirildi. Mutahassislarning ğamxörlik va etibori tufayli “Suvqiyğir” qisqa muddat içida soğaya boşladi va yana parvoz qilişga tayyor holatga keldi.

Tabiat qöynida yangi parvoz

2025 yil 8 oktyabr kuni soğaygan “Suvqiyğir” quşi Xorazm milliy tabiat boğining “Yovvoyi hayvonlarni köpaytiriş suniy pitomnigi” hududida yana tabiat qöynida ozod etildi.

Bu tadbir tabiatni asraş, hayvonot dunyosi va biologik xilma-xillikni muhofaza qiliş yölida amaliy ahamiyat kasb etadi.

Tabiat — inson hayotining asosi, yovvoyi hayot esa uning ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir jonzotning hayoti beqiyos qadrli va ularni muhofaza qiliş — bizning insoniy burçimizdir.

Xorazm tabiatiga ğamxörlik — bu kelajak avlodga soğlom muhit qoldirişdir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: