Britaniyada harbiy vertolyot quladi. Qurbonlar bor
4-06-2026, 16:36
111 марта

Britaniyada harbiy vertolyot quladi. Qurbonlar bor
Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz kuçlariga qaraşli vertolyot Angliyaning janubi-ğarbidagi Devon grafligida halokatga uçradi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.Hodisa yuzasidan tergov boşlanib, voqea joyiga politsiya hamda favqulodda xizmatlar yuborilgan.
Qirollik harbiy-dengiz kuçlari malum qilişiça, harbiy vertolyot Devon hududiga qulagan. Şundan söng voqea joyiga köplab politsiya, yonğin xavfsizligi va tibbiy brigadalar jalb etilgan.
Dastlabki malumotlarga köra, halokat oqibatida qurbonlar bor. Biroq vertolyot bortida bölgan harbiy xizmatçilarning soni va holati haqida hozirça rasmiy malumot berilmagan.
Hozirda avariya sabablari yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, halokat sodir bölgan hudud yaqinida Qirollik harbiy-dengiz kuçlarining ikki muhim aviabazasi joylaşgan. Ulardan biri Kornuolldagi Helston şahri yaqinidagi RNAS Culdrose bazasi bölib, u Yevropadagi eng yirik vertolyot bazalaridan biri hisoblanadi. Somersetdagi RNAS Yeovilton bazasida esa 100 dan ortiq havo kemasi joylaştirilgan.
Britaniya rasmiylari vertolyot halokati bilan boğliq holatlarni örganişda davom etmoqda.