AQŞda vertolyot halokatga uçradi. Qurbonlar bor
20-09-2025, 17:30
111 марта

AQŞda vertolyot halokatga uçradi. Qurbonlar bor
Malum bölişiça, halokat joriy yilning 17 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 21:00 Vaşington ştatining Lyuis–Makkord qöşma bazasi yaqinidagi qişloq hududida sodir bölgan. Tungi missiyalarni bajaradigan guruhning 4 nafar azosi MH-60 Black Hawk vertolyoti qulaşi oqibatida halok bölgan. Ularning barçasi AQŞ havo desantidagi 160-maxsus aviatsiya polkining bir qismi bölgan.
Şuningdek, Vaşington tabiiy resurslar departamenti malumotlariga köra, halokat 1,25 gektarda kiçik örmon yonğinini keltirib çiqargan. Yonğin qisqa hududni qamrab olgani sabab öt öçiriş uçun köp texnika vositalari kerak bölmagan.
“Ular armiya va maxsus operatsiyalarning eng yuksak qadriyatlarini özida mujassam etgan elita jangçilar edi va ularning qaxramonligi heç qaçon unutilmaydi. Huquqni muhofaza qiliş organlari, öt öçiruvçilar va qöşma bazaning maxsus xodimlari halokat joyida qutqaruv işlarini olib bormoqda”, deydi AQŞ armiyasining maxsus operatsiyalar qömondoni, general-leytenant Jonatan Braga.
Malumot uçun, bu sönggi yillarda AQŞ armiyasining havodagi ikkinçi halokatidir. 2023 yilda harbiy tayyorgarlik doirasida havoda yoqilği quyiş missiyasi vaqtida Şarqiy Örta Er dengiziga vertolyot qulaşi oqibatida beş nafar aviatsiya maxsus operatsiya harbiylari halok bölgan.