AQŞda tez yordam samolyoti halokatga uçradi. Bortdagi hamma qurbon böldi
6-08-2025, 10:01
122 марта

AQŞda tez yordam samolyoti halokatga uçradi. Bortdagi hamma qurbon böldi
Keça, 5 avgust kuni AQŞning janubi-ğarbiy qismidagi Arizona ştatida tez yordam uçun möljallangan samolyot halokatga uçradi. Oqibatda bortdagi tört kişining barçasi halok bölgan. Bu haqda CNN xabar berdi.Telekanal malumotiga köra, hodisa Arizona ştatida joylaşgan Navaxo qabilasi yerlarida sodir bölgan.
“Samolyot yaqin atrofdagi şifoxonadan bemorni olib ketiş uçun yöl olgan edi, biroq parvoz vaqtida halokat yuz berdi”, deydi mahalliy politsiya vakillari.
Huquq-tartibot idoralarining xabariga köra, fojia soat mahalliy vaqt bilan 12:40 lar atrofida röy bergan.
“Biz uşbu oğir paytda marhumlarning yaqinlari va oilalariga çuqur hamdardlik bildiramiz”, deyiladi politsiya bayonotida.