USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hindistonda 229 kişi qurbon bölgan aviahalokatga doir dastlabki xulosalar olindi

124 марта

Hindistonda 229 kişi qurbon bölgan aviahalokatga doir dastlabki xulosalar olindi

Joriy yil 12 iyun kuni Londonga uçayotgan Boeing 787 samolyoti Ahmadobodda halokatga uçragan va bortida bölgan 229 nafar yölovçi halok bölib, bir kişi tirik qolgan edi. 
Hindiston havo hodisalarini tekşiriş byurosi şanba kuni elon qilgan dastlabki hisobotga köra, Air India samolyotining yonilği uzatuvçi kalitlari halokatdan oldin öçirilgan.
Boeing 787 Dreamliner havoga kötarilib, uning tezligi 333,4 km/soatga yetganida tösatdan 1-dvigatel va 2-dvigatellarning yonilği uzatiş kalitlari birin-ketin «RUN» (qöşiş) holatidan «CUTOFF» (öçiriş) holatiga ötib qolgan. Bu uçiş-qöniş yölagidan çiqqanidan söng bir neça daqiqada dvigatelning havoga kötariliş kuçini kesib qöygan.
Darhol ikkala kalit ham «RUN» holatiga qaytarilgan. Uçuvçilardan biri «MAYDAY MAYDAY MAYDAY» (xalqaro xavotir signali) signalini uuzatgan. Biroq, allaqaçon yetarli balandlikni yöqotgan samolyot quvvatni qayta tiklay olmagan.

Samolyot halokatga uçragunga qadar parvoz taxminan 30 soniya davom etgan.
Hisobotda aytilişiça, kabinadagi ovoz yoziş moslamasida halokatdan oldin uçuvçilardan biri ikkinçisidan nega yoqilğini öçirib qöyganini söragani, ikkinçi uçuvçining esa bunday qilmaganini aytgani saqlangan.
Hisobotda, hozirça, yonilği uzatiş kaliti qanday qilib öçib qolgani holatiga izoh berilmagan.

Qayd etilişiça, «CUTOFF» holati odatda uçuvçilar tomonidan qönganda dvigatelni öçiriş yoki parvoz paytida dvigateldagi nosozlik tufayli işlatilişi mumkin.
Aviatsiya mutaxassislarining takidlaşiça, rejimni tasodifan özgartirişning iloji yöq, çunki bu kalit suriş tutqiçlari orqasida joylaşgan. Bundan taşqari, tasodifiy öçirişni oldini oliş uçun maxsus böşatiş mexanizmi mavjud.

Eslatib ötamiz, 12 iyun kuni Air India aviakompaniyasining Londonga uçayotgan Boeing 787 Dreamliner samolyoti şimoli-ğarbiy Ahmadobod şahrida halokatga uçradi. Aeroport perimetrini kesib ötganidan köp ötmay, samolyot balandlikni yöqota boşlagan va tibbiy öquv muassasasining yotoqxonasi ustiga qulab tuşgan edi.

Aviakompaniya halokatni tergov qilişda rasmiylar bilan faol hamkorlik qilayotganini malum qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: