Hindistondagi aviahalokat qurbonlari soni 300 dan oşdi – OAV
13-06-2025, 11:49
196 марта

Hindistondagi aviahalokat qurbonlari soni 300 dan oşdi – OAV
Keça, 12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod şahrida yuz bergan dahşatli aviahalokat qurbonlari soni 317 nafarga yetdi. Bu haqda “The New Indian Express” naşri xabar berdi.Şahar politsiyasi vakillarining tasdiqlaşiça, London yönalişi böyiça uçayotgan Boeing 787 Dreamliner bortida bölgan barça yölovçilar va 10 nafar ekipaj azosi halok bölgan. Qutqaruvçilar xizmat körsatuvçi binolar joylaşgan Atulyam-Flets tumanida yana 75 jasadni topgan.
Samolyotning parçalari yaşaş hududi bölgan Forestri-Kross-roud mahallasiga qulagan. Malumotlarga köra, Boeing ning dum qismi binolardan biriga urilgan, oqibatda uning devorlari tutun bilan qoplangan. Portlaş tölqini boşqa bir uy tomini ham zararlab, yonğinga sabab bölgan. Hozirda mutaxassislar halokat joyini örganib, hodisaning aniq sabablarini aniqlaş ustida işlamoqda.