Isroil va Livan kelişuvga erişdi, ammo…
4-06-2026, 16:37
106 марта

Isroil va Livan kelişuvga erişdi, ammo…
Isroil va Livan Hizbulloh hujumlarni töxtatişi şarti bilan öt oçişni töxtatiş böyiça yangi kelişuvga erişdi. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti xabar qildi.Bildirilişiça, kelişuvning amal qilişi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Hizbulloh guruhining Isroilga qarşi barça hujumlarni töliq töxtatişiga boğliq. Şuningdek, Hizbulloh janubiy Livanda Isroil nazorati ostidagi hududlardan çiqib ketişi kerak böladi.
Kelişuvga köra, Litani daryosidan Isroil çegarasigaça bölgan hududda Livan Qurolli kuçlari töliq nazoratni qölga oladi. AQŞ esa, mazkur hududlarda davlatga qaraşli bölmagan qurolli tuzilmalarsiz xavfsizlik zonalarini taşkil etiş jarayoniga kömaklaşadi.
Yangi kelişuv aprel oyida erişilgan sulhning bir neça bor buzilişi ortidan qabul qilingan. Keça, 3 iyun kuni Isroilning janubiy Livanga bergan zarbalari oqibatida kamida 9 kişi halok bölgan, Hizbulloh esa, şimoliy Isroilga raketa hujumlarini amalga oşirgan edi. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio kelişuvdan avval jurnalistlar bilan suhbatda Livanda Hizbullohdan mustaqil xavfsizlik tizimini şakllantiriş böyiça amaliy reja işlab çiqilişiga umid bildirgan.
Kelişuv doirasida Isroil va Livan vakillari 22 iyun kuni yana muzokaralar ötkazadi. Tomonlar keng qamrovli tinçlik kelişuviga erişiş imkoniyatlarini muhokama qiladi. Biroq Hizbulloh hozirça kelişuv yuzasidan rasman izoh bermagan. Taşkilot siyosiy kengaşi azosi Mahmud Qamati BBC’ga bergan intervyusida Vaşingtondagi muzokaralar qarorlarini tan olmasliklarini aytgan.
“Bu muzokaralar bizga daxldor emas. Biz ularning qarorlari va xulosalarini tan olmaymiz, çunki ularni printsipial jihatdan rad etganmiz”, degan Qamati.Livan Soğliqni saqlaş vazirligining malumotlariga köra, 3 iyundagi Isroil zarbalari qurbonlari orasida ikki nafar tez yordam xodimi ham bölgan. Vazirlik Isroil armiyasini xalqaro gumanitar huquq meyorlarini buzişda ayblagan. Livan armiyasi ham Isroilning havo hujumlari natijasida bir harbiy halok bölgani va ikki nafar askar yaralanganini malum qilgan.
2026 yil 2 martdan buyon davom etayotgan mojaro oqibatida Livanda kamida 3516 kişi halok bölgan. BMT malumotlariga köra, mamlakatda bir milliondan ortiq kişi öz uyini tark etişga majbur bölgan. Isroil esa, uruş davomida 26 nafar harbiy va 4 nafar fuqarosi halok bölganini bildirgan.