Oçiq maktub: Zelenskiy Putinni “ring”ga çaqirdi
5-06-2026, 09:26
294 марта

Oçiq maktub: Zelenskiy Putinni “ring”ga çaqirdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga oçiq maktub yöllab, töğridan töğri muzokaralar jarayonini boşlaş va davlat rahbarlarining şaxsiy uçraşuvini ötkazişni taklif qildi. Bu haqda Zelenskiy özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Maktubda Zelenskiy butun front çiziği böylab öt oçişni töxtatiş va davlat rahbarlarining neytral hududda uçraşuvini taşkil etişni taklif qilgan.
“Ukraina rahbariga sizning poytaxtingizda, Rossiya rahbariga esa Kiyevda iş yöq. Uruş va tinçlik masalalarini hal qiliş uçun ananaviy ravişda davlat rahbarlarini qabul qilib kelayotgan mamlakatlar bor. Şveytsariya, Turkiya va arab davlatlari şular jumlasidandir. Aynan rahbarlar asosiy masalalarni hal qiladi – bu har doim şunday bölgan va şunday bölib qoladi”, deb yozgan Zelenskiy.Uning takidlaşiça, Ukraina diplomatik jarayonni boşlaş uçun harbiy harakatlarni töliq töxtatişga tayyor. Öt oçişni töxtatiş rejimiga monitoring örnatiş vazifasini esa AQŞ bajarişi mumkin.
Murojaatda Zelenskiy “hammani hammaga” tamoyili asosida asirlar almaşinuvini ötkaziş, şuningdek olib ketilgan barça tinç aholi va bolalarni qaytarişni ham taklif qilgan.
Ukraina rahbari may oyida Rossiya armiyasi 30 mingdan ortiq harbiy xizmatçisini yöqotganini, ularning 63 foizi halok bölgani va 37 foizi oğir yaralanganini iddao qilgan. Şuningdek, u Rossiya jamiyati beşinçi yil davom etayotgan uruşdan çarçayotganini takidlagan.
Zelenskiyning sözlariga köra, Kiyev Moskvaning 2027–2028 yillarda ham uruşni davom ettiriş rejalari haqida malumotlarga ega.
Ukraina Prezidenti, şuningdek, uruş Rossiya hududiga köçirilganini, Putin esa yordam söraşga majbur bölgan birinçi Rossiya rahbariga aylanganini aytgan. U Rossiya tarixida uruşdan çarçaş siyosiy özgarişlarga olib kelgan holatlar bölganini eslatgan.
Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga mazkur maktub diplomatik kanallar orqali rasman ham yetkazilişini malum qilgan.
“Bu oçiq maktub uruşni tugatiş böyiça jiddiy va mazmunli taklifdir. Ukraina Prezidentidan Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga yöllangan, aniq va amalga oşiriş mumkin bölgan qadamlarni öz içiga olgan hamda şaxsiy uçraşuvga taklifdan iborat murojaatdir”, deb yozgan Sibiga.Uning qöşimça qilişiça, Kiyev Moskvadan uşbu taklifga mazmunli javob kutayotganini bildirgan.