Sahroda qolib ketgan 49 kişi çanqoqdan halok böldi
5-06-2026, 21:34
457 марта

Sahroda qolib ketgan 49 kişi çanqoqdan halok böldi
Niger şimolidagi Sahroi Kabir çölida yuk maşinasi buzilib qolişi oqibatida kamida 49 kişi çanqoqdan vafot etdi. Faqat ikki kişi omon qolib, piyoda yurib Assamaka hududiga yetib borgan va rasmiylarga xabar bergan. Bu haqda BBC xabar berdi.Malumotlarga köra, halok bölganlar Malida ötkazilgan diniy bayramda iştirok etib qaytayotgan bölgan. Ular yuk maşinasida Niger va Jazoir çegarasiga yaqin hudud orqali harakatlanayotgan paytda transport vositasi nosozlikka uçragan va yölda qolib ketgan.
Rasmiylarning bildirişiça, yölovçilar bir neça kun davomida 80 kilometrdan ortiq uzoqlikdagi Assamaka çegara punktiga yetib bora olmay, ekstremal issiqlik va suv tanqisligi şaroitida qolib ketgan. Haydovçi va yölovçilar maşinani tuzatişga bir neça bor uringan, biroq bu harakatlar samara bermagan.
Keyinçalik qutqaruvçilar voqea joyiga yetib borib, yurmay qolgan yuk maşinasi ostida va uning atrofida köplab jasadlarni topgan. Halok bölganlar mahalliy hokimiyat tomonidan yuborilgan qutqaruv guruhi tomonidan ommaviy qabrlarga dafn etilgan.
Qutqaruv operatsiyasi davomida hududdan qaytayotgan guruh yana bir buzilgan yuk maşinasiga duç kelgan. Unda 60 dan ortiq odam bölib, ular akkumulyator işdan çiqqanligi sababli uç kun davomida çölda qolib ketgan.
Niger hukumati vakillari uşbu fojia Sahroi Kabir orqali ötadigan migratsiya yöllaridagi xavf-xatar va yoşlarning oğir şaroitda tirikçilik izlab xavfli safarlarga çiqişga majbur bölayotganini yana bir bor körsatişini takidlagan.