Rossiyada sovuqda yölda qolib ketgan özbekistonliklar qutqarildi
25-02-2026, 16:51
276 марта

Rossiyada sovuqda yölda qolib ketgan özbekistonliklar qutqarildi
Keça, 24 fevralga ötar keçasi Rossiyaning Oltoy ölkasida qutqaruvçilar tomonidan sovuqda yölda qolib ketgan 5 nafar özbekistonlik qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oltoy ölkasi böyiça Boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, ular Biysk şahridan Özbekistonga yöl olgan, biroq maşina Rebrixa tumanidagi A-321 avtomobil yölida buzilib qolgan.
Xabar kelib tuşgaç, ularga 81-yonğin-qutqaruv qismi xodimlari yordamga bortgan. Bölinma komandiri Aleksandr Gardt voqea joyiga tezkor yetib borib, jabrlanganlarni Rebrixa qişloğidagi isitiş punktiga evakuatsiya qilgan.
18-otryad boşliği örinbosari Aleksey Sayenkoning malum qilişiça, qutqarilganlarga tibbiy yordam kerak bölmagan. Ularni olib ketiş va avtomobilni tamirlaş uçun qarindoşlari Novosibirsk şahridan yölga çiqqan.