USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkmanistonda paxta terimiga jalb etilgan bolalar soni köpaydi

111 марта

Turkmanistonda paxta terimiga jalb etilgan bolalar soni köpaydi

Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) Turkmanistonda bolalar mehnati rasman taqiqlanganiga qaramay, 2025 yilda paxta terimida iştirok etgan bolalar soni ortganini qayd etdi. Bu haqda ekspertlar hisobotiga tayanib, “Turkmen.news” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2025 yil avgust oyi oxiridan noyabr oyi boşigaça davom etgan paxta kampaniyasi davrida XMT kuzatuvçilari mamlakatning barça beşta viloyatida fermerlar, paxta terimçilari va davlat muassasalari xodimlari örtasida sörovnoma ötkazgan.
Hisobot malumotlariga köra, sörovda qatnaşgan katta yoşli terimçilarning 20 foizi paxta dalalarida bolalar borligini malum qilgan. 2024 yilda bu körsatkiç 11 foizni taşkil etgan. Paxta terimida bolalarni körgan fermerlar uluşi esa 17 foizdan 34 foizgaça oşgan.


XMT kuzatuvçilari dalalarga uyuştirilgan taşriflarning 38 foizida ösmirlarni qayd etgan. Bir yil oldin bu körsatkiç 23 foiz bölgan. Eng murakkab vaziyat Toşoğuz viloyatida kuzatilgan bölib, u yerda tekşirilgan dalalarning deyarli 60 foizida voyaga yetmaganlar aniqlangan.

Hisobotda, şuningdek, mulozimlar va korxonalar rahbarlari byudjet sohasi xodimlarini paxta terimiga jalb qilişda davom etgani aytiladi.

Sörovda qatnaşgan byudjetçilarning 12 foizi 2025 yildagi hosilni yiğib-terib olişda iştirok etganini bildirgan. Ularning har beş nafaridan biri iş beruvçilar, amaldorlar yoki fermerlar uyuşmalari tomonidan işlaşga majburlanganini aytgan.
Ayrim respondentlar paxta terimidan boş tortgan taqdirda yuzaga kelişi mumkin bölgan oqibatlardan qörqişlarini bildirgan. Ehtimoliy çoralar sifatida ular işdan böşatiş, iş haqidan mahrum qiliş, iş soatlarini qisqartiriş yoki ijtimoiy imtiyozlarni bekor qilişni aytib ötgan.

XMT, şuningdek, 2025 yilda amaldorlar kuzatuvçilarning işiga tez-tez aralaşib, suhbatlarda qatnaşişga uringani va terimçilarga bosim ötkazganini qayd etgan. Şu bilan birga, taşkilot Turkmaniston hukumati bilan hamkorlik davom etişini malum qilgan va “yöl xaritasi” amal qiliş muddatini 2026 yil yakuniga qadar uzaytirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: