Qöşköpir tumanining Kenagas mahallasida paxta teriş maşinalari sinovdan ötkazildi
5-09-2025, 09:27
510 марта
Qöşköpir tumanining Kenagas mahallasida paxta teriş maşinalari sinovdan ötkazildiQöşköpir tumanining Kenagas mahallasida joylaşgan “Xajiboy muallim” fermer xöjaligi dalasida paxta teriş maşinalarining amaliy sinovi bölib ötdi.
Tadbirda Qöşköpir tumani hokimi Şuxrat Axmedov, sohaga oid köp yillik tajribaga ega mutaxassislar hamda fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdilar.
Sinov davomida zamonaviy paxta teriş maşinalarining samaradorligi va afzalliklari atrofliça muhokama qilindi. Mutaxassislar texnikaning agrar sohada qöllanillişining ahamiyatiga alohida etibor qaratdilar.
Fermerlar öz fikr va mulohazalarini bildirib, paxta yiğim-terimida zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş hosildorlikni oşiriş, mehnat unumdorligini yuksaltiriş hamda xarajatlarni kamaytirişga xizmat qilişini takidladilar.



