Özbekiston AQŞdan paxta import qilişi mumkin — ikki davlat örtasida yangi savdo yönalişi muhokama qilindi
4-08-2025, 17:02
432 марта

Özbekiston AQŞdan paxta import qilişi mumkin — ikki davlat örtasida yangi savdo yönalişi muhokama qilindi
Özbekiston AQŞdan paxta import qilişi mumkin. Bu ehtimoliy yangi hamkorlik Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasining AQŞga rasmiy taşrifi doirasida muhokama qilindi.
23–29 iyul kunlari bölib ötgan taşrif davomida özbekistonliklar “Made in Uzbekistan” brendi ostida mahsulotlarni tarğib qiliş, eksport salohiyatini oşiriş va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş maqsadida AQŞning Nyu-York şahrida ötkazilgan qator yirik körgazmalarda qatnaşdi. Ularda 25 ta mahalliy töqimaçilik kompaniyasi iştirok etdi.
Delegatsiya AQŞ Savdo vazirligi bilan muzokaralar olib bordi. Unda savdo tösiqlarini kamaytiriş, sarmoyalarni rağbatlantiriş va Özbekistondan eksport qilinayotgan mahsulotlarni Amazon, Walmart, Whole Foods Market, Bloomingdale’s va The Home Depot kabi yirik savdo tarmoqlarida joylaştiriş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, CLDP vakillari bilan uçraşuvda özbekistonlik eksportçilar uçun AQŞ standartlariga muvofiq sertifikatlaş va qadoqlaş böyiça vebinar hamda seminarlar taşkil etişga kelişib olindi.Eng muhim uçraşuvlardan biri AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi va AQŞ Paxta assotsiatsiyasi bilan bölib ötdi. Muzokaralarda GSM-102 dasturi doirasida Özbekistonga AQŞ paxtasini yetkazib beriş, kredit limitlarini kengaytiriş va “Made from U.S. Cotton” taşabbusini işga tuşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.