USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Amitabh Baççan hayotidagi eng dahşatli kun

955 марта

Amitabh Baççan hayotidagi eng dahşatli kun

1982 yilning 26 iyulida olingan uşbu surat hind kinosi afsonasi Amitabh Baççan hayotidagi eng dahşatli voqeadan bir neça lahza avval tasvirga tuşirilgan. U bu kunni hayotidan butunlay öçirib taşlaşni istardi. Biroq hayotning ajabtovur qonuniyati bor: bazan eng oğir sinovlar insonga yangi hayot baxş etadi. Köpçilikning takidlaşiça, aynan şu voqeadan söng Amitabh Baççan göyo ikkinçi marta tuğilgan...

Bu baxtsiz hodisa hind kinosi tarixidagi eng maşhur va eng xavfli suratga oliş jarayonlaridan biri sifatida yodda qolgan. Gap “Hammol” (“Kuli”) filmini tasvirga oliş işlari vaqtida sodir bölgan falokat haqida ketmoqda.

Öşa kuni Bangalor universiteti şaharçasida Amitabh Baççan va Punit Issar iştirokida olişuv sahnasi suratga olinayotgandi. Stsenariyga köra, Punit Issar Amitabhga muşt tuşirişi va u orqaga yiqilib, temir stol ustiga tuşişi kerak edi. Biroq kutilmagan holat yuz berdi. Punit zarba bergan paytda Amitabh beixtiyor özini himoya qiliş uçun bir qadam oldinga siljidi. Natijada harakatlar muvofiqligi buzildi va u katta tezlikda stolning ötkir çet qismiga qorni bilan urildi. Zarba şu qadar kuçli böldiki, kinoyulduzning içagi yorilib ketdi.


Jarohat olganiga qaramay, Amitabh sahnani oxirigaça öynab berdi va kadr muvaffaqiyatli yakunlandi. Dastlab heç kim jarohatning qançalik oğir ekanini anglamadi. Hatto Punit Issar ham buni oddiy şikastlaniş deb öyladi. Suratga oliş tugagaç, Amitabh hamkasblarining olqişlarini qabul qildi. Ammo oradan köp ötmay, kuçli oğriq tasirida maysazorga yiqilib tuşdi.

Baççanni şoşilinç ravişda şifoxonaga olib ketişdi. Ahvoli tobora oğirlaşgaç, maxsus samolyotda Mumbaydagi “Breaç Candy Hospital”ga yetkazildi. U yerda Amitabh murakkab jarrohlik amaliyotini boşdan keçirdi va bir muddat komaga tuşib qoldi.
Ayrim malumotlarga köra, şifokorlar hatto Baççanning yaşab ketişiga umid qolmagan deb hisoblaşgan. Butun Hindistonda ibodatxonalar, masjidlar, çerkovlar va gurdvaralarda uning soğayişi uçun duolar qilindi. Gazetalar har kuni aktyorning ahvoli haqida xabar berib turdi. U bir neça oy davomida şifoxonada hayot va ölim orasida kuraşdi.

Baççanni saqlab qoliş maqsadida adrenalin töğridan-töğri yuragiga yuborilgan va şundan keyingina yurak urişi qayta tiklangan.
Fojia sodir bölganida Punit Issar hali maşhur aktyor emasdi. Uning faoliyati endigina boşlanayotgan edi. Ammo hodisadan keyin vaziyat keskin özgardi. 
Amitabh ayblamasa ham, jamoatçilik va kinoindustriyaning bir qismi unga boşqaça munosabatda böldi. Köplab prodyusserlar va rejissyorlar Issarni filmlarga çaqirmay qöyişdi. Ayrim loyihalardan, hatto şartnoma imzolanganidan keyin ham çiqarib yuborildi.

Punit Issar bu yillarni hayotidagi eng oğir davr deb atagan. Özining aytişiça, odamlar uni körganida «Baççanni öldirişiga sal qolgan odam» sifatida qabul qilişardi. Köpçilik Punit Issarni voqeaning aybdori sifatida köra boşladi. Natijada u bir neçta filmdan çetlatildi va qariyb olti yil davomida işsiz qoldi.

Nihoyat, uzoq davolanişdan keyin Amitabh Baççan hayotga qaytdi. Halokatli jarohat uning hayotini butunlay özgartirib yuborgan edi. Keyinçalik bir neça intervyularida aynan şu voqeadan keyin hayotga bölgan qaraşi özgarganini aytgan. U özini «ikkinçi hayotni yaşab yurgan inson» deb atadi. Baççanning fikriça, şifokorlar va muxlislarning muhabbati uni ölimdan qaytargan. Hatto “Hammol” ekranlarga çiqqan paytda rejissyorlar tomonidan maxsus yozuv kiritilgan.

Filmda Amitabh jarohat olgan sahna “muzlatilgan” kadr orqali alohida körsatilib, tomoşabinlarga aynan şu yerda baxtsiz hodisa sodir bölgani malum qilingan. Bu jahon kinosi tarixida kam uçraydigan holatlardan biri hisoblanadi.

Bir tomonda ölim yoqasidan qaytgan superyulduz, ikkinçi tomonda esa nohaq ayblangan yoş aktyor bor edi. Vaqt esa ikkalasining ham hayotini yangi özanga burib yubordi.

Eng olijanob jihati şundaki, Baççan soğaygaç, Punit Issarni şaxsan himoya qildi. Ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida bu voqea oddiy baxtsiz hodisa ekani, Punitning heç qanday aybi yöqligini qayta-qayta takidladi. Hatto bir kuni Punit Issarni şifoxona darvozasigaça kuzatib çiqib, yiğilgan odamlarga ular örtasida heç qanday adovat yöqligini körsatdi.

Keyinçalik Punit Issar u maşhur rejissyor B.R.Çopra tomonidan yaratilgan “Mahobhorat” teleserialida Duryodhana obrazini mohirona ijro etib, hind televideniyesining eng yorqin qahramonlaridan biriga aylandi. Issarning aytişiça, agar Baççan oçiqçasiga himoya qilmaganida uning karerasi butunlay tugagan bölardi. Köpçilik uni hozir ham Duryodhana obrazi bilan tilga oladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: