Hindistonda “Tarakanlar” namoyişga çiqdi
7-06-2026, 20:57
152 марта

Hindistonda “Tarakanlar” namoyişga çiqdi
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli markazida keça, 6 iyun kuni özini “Tarakanlar” partiyasi deb atayotgan harakatning yuzlab tarafdorlari ilk yirik namoyişga çiqdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.Malum qilinişiça, bir neça hafta avval internet hazili sifatida paydo bölgan uşbu harakat qisqa vaqt içida mamlakat yoşlari noroziligining ramziga aylangan.
Jantar-Mantar maydonida ötkazilgan miting harakat uçun ijtimoiy tarmoqlardan taşqaridagi birinçi jiddiy sinov bölgan. Taşkilotçilar internetdagi katta auditoriyani haqiqiy siyosiy kuçga aylantiriş mumkinmi-yöqmi, şuni aniqlaşga uringan.
Namoyişda asosan yoşlar iştirok etgan. Ular tarakan tasvirlangan plakatlar va niqoblar bilan çiqqan. Ayrim iştirokçilar talim oliş va teng imkoniyatlar huquqining ramzi sifatida milliy bayroqlar hamda kitoblar olib kelgan.
Harakat Hindiston Oliy sudi raisi Surya Kantning bahsli bayonotidan keyin paydo bölgan. Sud majlislaridan birida u tanqidçilar va işsiz yoşlarning bir qismini tarakanlarga qiyoslagan edi.
Bu sözlar jamoatçilikda katta norozilikka sabab bölgan. Şundan söng Boston universiteti talabasi va siyosiy kommunikatsiyalar böyiça mutaxassis Abhijit Dipke uşbu haqoratli qiyosni satiraga aylantirib, “Tarakanlar” nomli siyosiy kampaniyani boşlagan.
Harakat qisqa vaqt içida internetda ommalaşib ketgan. Bir neça hafta davomida uning sahifalari millionlab obunaçilarni jalb qilgan, tarakan esa çidamlilik va norozilik ramziga aylangan.
Tarafdorlar işsizlik, korruptsiya, talim tizimidagi muammolar va ananaviy siyosatdan norozilikka bağişlangan memlar, videoroliklar va satiralar elon qilib kelmoqda.
Namoyişga Talim vaziri Dxarmendra Pradhanning istefosini talab qiliş sabab bölgan. Bunga imtihonlarni ötkaziş jarayonidagi qonunbuzarliklar bilan boğliq mojaro turtki bergan.
Biroq aktsiya tez orada bitta masala doirasidan çiqib, yoş hindistonliklarning çeklangan mehnat imkoniyatlari va iqtisodiy qiyinçiliklardan noroziligini ifoda etuvçi kengroq harakatga aylangan.