Filippinda 8,1 magnitudali zilzila böldi
8-06-2026, 12:40
157 марта

Filippinda 8,1 magnitudali zilzila böldi
Filippinning janubida sodir bölgan 7,8 magnitudali kuçli zilzila oqibatida kamida bir kişi halok böldi, yana tört kişi jarohat oldi. Bu haqda ABS-CBN News xabar berdi.Yevropa–Örta yer dengizi seysmologik markazi malumotiga köra, zilzila epitsentri taxminan 679 ming aholi yaşaydigan General-Santos şahridan 51 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Yer silkinişlari mahalliy vaqt bilan 23:37 da qayd etilgan. Zilzila öçoği 10 kilometr çuqurlikda bölgan.
Hozirça halok bölganlar, jarohat olganlar yoki vayrongarçiliklar haqida rasmiy malumot yöq. Filippin vulkanologiya va seysmologiya instituti mutaxassislariga köra, tsunami xavfi mavjud bölib, tölqinlar odatdagi suv sathidan bir metrdan ham balandroq kötarilişi mumkin, yopiq qöltiq va böğozlarda esa bundan ham yuqori bölişi ehtimoli bor.
Filippinlar tarixida eng kuçli va eng fojiali zilzilalardan biri 1976 yil 17 avgustda Moro qöltiğida sodir bölgan. Öşa paytda magnituda 7,9–8,1 ni taşkil etgan zilzila va undan keyingi tsunami 700 kilometrdan ortiq qirğoq hududini qamrab olib, taxminan 5 mingdan 8 minggaça inson hayotiga zomin bölgan.