Abramoviç “örtakaşlik” qilmoqçi böldi – Zelenskiy
8-06-2026, 12:53
207 марта

Abramoviç “örtakaşlik” qilmoqçi böldi – Zelenskiy
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik milliarder Roman Abramoviç Kiyevga kelib, u bilan uçraşganini va tinçlik istiqbollari böyiça Kremlga xabar yetkazişni taklif qilganini malum qildi. U bu haqda “Sky News” kanaliga bergan intervyusida aytgan.Bu Zelenskiyning Abramoviçni Ukraina poytaxtiga taşrif buyurgani va malum darajada muzokaralar jarayonida iştirok etganini birinçi marta rasman tasdiqlaşi bölgan. Şu bilan birga, Ukraina hukumati rahbari Donbass mintaqasidan voz keçmasligini yana bir bor takidlagan.
“U Kiyevga keldi. U menga: “Men siz bilan töğridan-töğri muloqot qilmoqçiman. Sizdan xabar olib, uni Vladimir Putinga yetkazmoqçiman”, dedi. Ammo u bu jarayon har qanday ommaviy bayonotlarsiz, jimlikda amalga oşirilişi kerakligini aytdi”, degan Zelenskiy.Ukraina Prezidentining takidlaşiça, mazkur uçraşuv maxfiy bölmagan. Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni Kiyev nimalarga tayyor ekanini bilişni istagan.
“Men unga masala bizda emasligini aytdim. Siz bizning hududimizda bizga qarşi uruş olib bormoqdasiz. Men unga Donbass haqida gapirdim va bu asosiy xabar edi. “Biz öz hududimizdan çiqib ketmaymiz. Yöq, biz sizga bunday yöl bilan ğalabani bermaymiz. Siz bunday ğalabaga erişa olmaysiz”, dedim men unga”, deb aytgan Zelenskiy.Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bir neça bor Moskva, Kiyev Donbassdan voz keçmagunça jangovar harakatlarni töxtatişga tayyor emasligini bildirgan. Donbass – Donetsk va Lugansk viloyatlarini öz içiga oladi. Hozirda Ukraina kuçlari Donetsk viloyati hududining taxminan beşdan bir qismi ustidan nazoratni saqlab turibdi. Zelenskiy esa avval ham, hozir ham bu hududlar va u yerda yaşovçi ön minglab ukrainaliklardan voz keçmasligini takidlab kelmoqda.
Ukraina Prezidenti intervyu davomida Rossiya yoki Belarus hududida Putin bilan uçraşiş ehtimolini ham yana bir bor rad etgan. Şu bilan birga, u muzokaralarni boşlaşning eng tez yöli sifatida front çiziğidagi mavjud holat böyiça öt oçişni töxtatişni qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Biroq bu hududlardan voz keçişni anglatmasligini qayd etgan.
“Ha, bu eng tez yöl. Ammo biz uruşni şunday tarzda tugatişni istaymizki, keyin u yana qaytib kelmasin. Masala faqat jangovar harakatlarni muzlatib qöyişda emas. Eng tez yöl – ularni töxtatiş va jarayonni diplomatik maydonga ötkazişdir”, degan Zelenskiy.