Zelenskiy Putinni Kiyevga taklif qildi
6-09-2025, 14:01
145 марта

Zelenskiy Putinni Kiyevga taklif qildi
Ukraina prezidenti Putin bilan muzokaralar uçun Moskvaga bormasligini aytdi va uni Kiyevga taklif qildi.Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida, şuningdek Putinning Moskvada uçraşuv ötkaziş ğoyasi vaqtni çözişga qaratilgani, Kreml esa Qöşma Ştatlar bilan «öyin öynayotgani»ni takidlagan.
«Har kuni mamlakatim raketa zarbalari va hujumlarga uçrayotgan bir paytda men Moskvaga bora olmayman. Men bu terrorçilarning poytaxtiga bora olmayman», – deydi Zelenskiy.
Zelenskiyning sözlariga köra, Putin «buni tuşunadi».
Eslatib ötamiz, Putin Xitoyga taşrifining yakuniga bağişlangan matbuot anjumanida Ukraina prezidenti bilan uçraşuv masalasiga töxtalib, bunday uçraşuvlarni rad etmaganini, agar Zelenskiy tayyor bölsa, muzokaralar uçun Moskvaga kelişi mumkinligini aytgandi.