USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron JÇning har bir öyinidan söng AQŞni tark etadi

163 марта

Eron JÇning har bir öyinidan söng AQŞni tark etadi

Eron terma jamoasi Jahon çempionati öyinlaridan söng, AQŞni tark etişga majbur böladi. Bu haqda Eronning Meksikadagi elçisi Abulfazl Pasandideh malum qildi. 

Avvalroq, AQŞ Jahon çempionati oldidan Eron terma jamoasi delegatsiyasining ayrim azolariga, jumladan murabbiylar ştabi vakillariga viza berişni rad etgani haqida xabar bergan edi.

“Biz ertalab kelamiz va öşa kuniyoq ketişimizga töğri keladi”, deydi elçi jurnalistlarga.

Dastlab Eron terma jamoasining yiğini AQŞning Arizona ştatida ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Biroq AQŞ bilan qurolli mojaro va jamoa xavfsizligi borasidagi xavotirlar tufayli, Eron tomoni FIFA’dan maşğulot bazasini Meksikaga köçirişga ruxsat söragan.


Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj 24 may kuni mazkur sörov maqullanganini malum qilgan.

Musobaqa taqvimiga köra, Eron terma jamoasi guruh bosqiçida joriy yilning 15 iyun kuni Kaliforniya ştatidagi Inglvud şahrida Yangi Zelandiyaga qarşi maydonga tuşadi. Şuningdek, 21 iyun kuni Belgiya bilan, 26 iyun kuni esa, Sietl şahrida Misr terma jamoasiga qarşi bahs olib boradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: