Eron öz sportçilariga “duşman” mamlakatlarga sayohat qilişni taqiqladi
27-03-2026, 19:01
54 марта

Eron öz sportçilariga “duşman” mamlakatlarga sayohat qilişni taqiqladi
Eron milliy va klub sport jamoalariga “duşman” deb baholangan mamlakatlarga safar qilişni taqiqladi. Bu haqda mamlakat Sport vazirligi bayonotiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan “keyingi xabarnomagaça” amal qiladi. Bayonotda aytilişiça, Eron sportçilari va jamoa azolarining xavfsizligini taminlay olmaydigan hamda duşman deb baholangan davlatlarda milliy va klub jamoalarining iştiroki taqiqlanadi. Biroq qaysi davlatlar röyxatga kiritilgani oçiqlanmagan.
Vazirlik, şuningdek, Eron futbol uyuşmasi va klublardan Osiyo futbol konfederatsiyasini öyinlarni “duşman mamlakatlar”dan boşqa joyga köçiriş masalasida xabardor qilişni talab qilgan.
Qayd etiş joiz, joriy yilning 17 mart kuni Eron futbol assotsiatsiyasi prezidenti Mehdi Toj terma jamoaning 2026 yilgi Jahon çempionati öyinlarini AQŞdan Meksikaga köçiriş böyiça muzokaralar olib borilayotganini bildirdi. Biroq FIFA öyinlar jadvali özgarmasligini bildirib, barça jamoalar avval tasdiqlangan taqvim asosida iştirok etişini kutayotganini takidladi.
Şundan söng, Eron futbol uyuşmasi bayonot berib, “biz Amerikani boykot qilamiz, ammo Jahon çempionatini emas”, deya aniqlik kiritdi.
Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötkaziladi. Unda Eron terma jamoasi Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olgan bölib, guruh bosqiçidagi öyinlar AQŞda ötkazilişi rejalaştirilgan.